Afsonaviy futbolchi Diyego Maradona vafot etdi

Sport

image

Argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradona bugun, 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Clarin” xabar berdi.

“Napoli” va Argentina terma jamoasining sobiq o‘yinchisi yurak to‘xtashidan vafot etgan.

11 noyabr kuni Maradona shifoxonadan chiqqandi. Sobiq futbolchi subdural gematoma sabab operatsiya o‘tkazgandi. Operatsiyadan keyin esa Maradona alkogolga bog‘liqlikdan davolanish uchun klinikaga yotqizilgan.

Diyego so‘nggi bor 30 oktyabrda Argentina chempionatida ishtirok etayotgan jamoasi “Ximnasiya i Esgrima”ning “Patronato”ga qarshi o‘yinida ommaga ko‘rinish bergan.

Keyinroq u La-Platedag Ipensa shifoxonasiga yotqizilgani ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Diyego Maradona "Barselona", "Napoli", "Snvilya" safida to‘p surgan. 1977-1994 yillarda Argentina terma jamoasida o‘ynagan va 1986 yilda jahon chempioni bo‘lgan. 1990 yilda esa Jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. FIFA saytidagi ovoz berish natijasiga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

621

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing