“Afrosiyob”ning “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi uchta reysi bekor qilindi

Jamiyat

image

“Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi “Afrosiyob” poyezdlarining 13, 14, 15 yanvar kungi 3 ta reysi bekor qilindi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bunga sabab qilib noqulay ob-havo sharoiti ko‘rsatilgan.

Yo‘lovchilar  o‘z  manzillariga  yetib olish maqsadida quyidagi muqobil yo‘lovchi poyezdlardan foydalanishi mumkin:

  • 12-sonli “Toshkent – Buxoro” “Sharq”;
  • 56-sonli “Toshkent – Buxoro – Xiva”;
  • 58-sonli “Toshkent – Buxoro – Shovot”;
  • 72-sonli “Toshkent – Buxoro – Olot”;
  • 125-sonli “Andijon – Toshkent – Buxoro – Xiva”;

Ma’lum qilinishicha, xarid qilingan chiptalar 100 foiz qiymatda qaytariladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 yanvar kuni “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishidagi “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdida nosozlik yuzaga kelib, poyezd “Malik” bekatida to‘xtab qolgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afrosiyob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing