Afrikaliklar Lavrovni o‘ynab kutib oldi (video)

Olam

image

Bugun, 22 avgust kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BRICS sammitida ishtirok etish uchun Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahriga keldi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Rossiya tashqi ishlar vazirining samolyoti Pretoriya chekkasida joylashgan Janubiy Afrika harbiy-havo kuchlarining Waterkloof bazasiga qo‘ngan. Rossiya diplomatiyasi rahbari Janubiy Afrikada xalq raqslari bilan kutib olingan.

Bugun, 22 avgust kuni Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahrida Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani o‘z ichiga olgan davlatlararo birlashma – BRICS’ning 15-sammiti boshlanadi. Sammitda Rossiya delegatsiyasiga Lavrov boshchilik qiladi. Tadbir 24 avgust kuni yakunlanadi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin sammitda videokonferensaloqa orqali ishtirok etadi. Shuningdek, u sammit ishtirokchilariga Rossiyaning 2024 yilda BRICS’ga raisligining ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Lavrov BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing