Afrikada Rossiya sovug‘i: JARda qor yog‘di (video)
Olam
−
31 avgust 2021
8654Janubiy Afrika Respublikasida kuchli bo‘ron yuz berib, qor yog‘di. Ma’lum bo‘lishicha, shamol tezligi soatiga 80 kilometrgacha yetgan. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Ushbu tabiat hodisasi Afrika uchun odatiy emas. Mahalliy aholi, ayniqsa, bolalar imkoniyatdan foydalanib, Keyptaundan 180 km uzoqlikdagi Sires shahri yaqinidagi tog‘larda qor o‘ynagan.
Qayd etish kerakki, iyul oyining oxirida Afrikaning janubiy qismiga haqiqiy qish kelgandi. O‘sha vaqtda turli shaharlarda havo harorati bo‘yicha jami 19 ta rekord o‘rnatilgan. Yoxannesburgda harorat -7 darajaga tushgan. Mamlakatning ba’zi hududlarida qor yog‘gan.
Meteorologlarga ko‘ra, uni Antarktida siklonlari olib kelgan.
LiveBarchasi