Afrikada Ilon Maskning “o‘g‘li” paydo bo‘ldi

Olam

image

Elon Musk Junior niki bilan ro‘yxatdan o‘tgan Keniyada yashovchi X ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi amerikalik milliarder Ilon Maskning o‘g‘li ekanini e’lon qildi. 

U neyron tarmoq yordamida yaratilgan suratni internetga joylashtirdi. Rasmdan u haqiqatan ham biznesmenga o‘xshashligini ko‘rish mumkin, biroq foydalanuvchilar hali ham bu odamga ishonishga shoshilmayapti.

"Ilon Maskning o‘g‘li" shunday boy va nufuzli qarindoshi bo‘lishiga qaramay, o‘ta qashshoqlikda yashashga majbur ekani, shuning uchun ham otasi bilan aloqani tiklashi kerakligini yozgan. 
Yigitning tushuntirishicha, 1990 yillarda uning onasi ishlagan mehmonxonada Ilon Mask qolgan. Keyinroq foydalanuvchi postga qo‘shimcha qilib, Ilon Maskning advokatlari u bilan bog‘lanib, AQSHda genetik test o‘tkazishni talab qilganini aytdi. U yana keniyaliklarga murojaat qilib, buning uchun unga pul kerakligini va ularning hissasisiz kerakli miqdorni yig‘ib bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgan.

Aksariyat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu odamga ishonmagan. Ularning ta’kidlashicha, bu voqeaning hujjatli dalillari yo‘q va yigitning odamlarni Ilon Mask bilan munosabatlariga ishontirishga urinishi yolg‘onning asl usulidan boshqa narsa emas.

Ma’lumot uchun, Ilon Maskning birinchi farzandi go‘dakligida vafot etgan, keyin u va uning birinchi rafiqasi Jastin Uilson 2004 yilda egizaklar Ksaver va Griffinni, 2006 yilda esa Kay, Sakson va Demien ismli uch egizakli bo‘lishgan. Milliarderning qo‘shiqchi Graymsdan ham uch farzandi bor. Bundan tashqari, 2022 yilda jurnalistlar qo‘lga kiritgan sud hujjatlariga tayanib, 2021 yilda Mask va uning kompaniyalaridan biri xodim Shivon Zilis egizak farzand dunyoga keltirganini yozgan.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing