Afrika yetakchilari Rossiya va Ukrainani yarashtirishga urinib ko‘rmoqchi

Olam

image

Bugun, 16 may kuni Janubiy Afrika Prezidenti Kiril Ramafosa Rossiya va Ukraina rahbarlari mojaro uchun potensial tinchlik rejasini muhokama qilish maqsadida bir guruh Afrika yetakchilari bilan uchrashishga kelishib olganini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

“Men bu tashabbusni Zambiya, Senegal, Kongo, Uganda, Misr va JAR nomidan taqdim etdim. Men gaplashish imkoniga ega bo‘lgan har ikki Prezident ham Afrika davlatlari rahbarlarining Moskva va Kiyevdagi missiyasini qabul qilishga tayyor ekanliklariga bildirdi”, deydi JAR rahbari.

Shuningdek, u mazkur tashabbus haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Afrika Ittifoqi ofisi, AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqini allaqachon xabardor qilinganini ta’kidlagan.

Ramafosaning aytishicha, ba’zi afrikalik yetakchilar mintaqa Ukrainadagi nizoni hal qilishga hissa qo‘shadigan tashabbus ko‘rsatishi zarur. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy ham Rossiy va Ukraina orasidagi mojoroni hal qilish uchun tinchlik rejasini e’lon qilgandi. Biroq bu reja ko‘plab G‘arb davlatlari yetakchilari tomonidan tanqin qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Afrika Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing