Afrika kubogi finalchilari aniq bo‘ldi
Sport
−
15 yanvar 2139 1 daqiqa
Afrika milliy terma jamoalari o‘rtasidagi qit’a chempionatining hal qiluvchi final uchrashuvida ishtirok etadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Finalda Marokash va Senegal terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
Dastlabki yarim final uchrashuvida Marokash terma jamoasi Nigeriya bilan 120 daqiqa davom etgan golsiz durangdan so‘ng penaltilar seriyasida 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi yarim final bahsi Tanjerdagi “Stad Ibn-Batuta” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Senegal terma jamoasi Sadio Manening yagona goli evaziga Misrni 1:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi.
Shu tariqa, Marokash va Senegal terma jamoalari Afrika kubogi finalida o‘zaro bahs olib boradi. Bronza medali uchun uchrashuv joriy yilning 17 yanvar kuni, turnirning hal qiluvchi final bahsi esa 18 yanvar kuniga belgilangan.
Ma’lumot uchun, musobaqaning amaldagi chempionligi Kot-d’Ivuar terma jamoasiga tegishli.
Live
Barchasi