Afrika davlatlari Kiyevni Moskva bilan shartli muzokara olib borishga chaqirdi

Olam

image

Bir guruh Afrika davlatlari Ukrainaga Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududidan to‘liq olib chiqib ketish shartini bajarmasdan turib, Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlashni taklif qilmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Afrikaning olti yetakchisi yaxlit diplomatik jabha sifatida harakat qilib, birdaniga Kiyevga ushbu tinchlik tashabbusini taklif qilmoqchi. Tashabbusga Senegal Prezidenti Makki Sall boshchilik qilmoqda.

Muzokaralarni hech qanday shartlarsiz boshlash g‘oyasini Janubiy Afrika Prezidenti Siril Ramafosa aytgan. Bundan tashqari, tashabbusni Misr Prezidentlari Abdul Fattoh as-Sisi, Zambiya – Xakainde Xichilema, Kongo Respublikasi – Denis Sassu Ngesso va Uganda – Yoveri Museveni qo‘llab-quvvatlagan.

"Birinchidan, bu jangovar harakatlarni to‘xtatishni ta’minlaydi. Ikkinchidan, bu barqaror tinchlik o‘rnatish uchun asosdir", deydi Janubiy Afrika Prezidentining matbuot kotibi Vinsent Magvenya.

“Reuters” xabariga ko‘ra, ushbu tinchlikparvar missiyaning asosiy tashabbuskori Rossiya-Ukraina urushi oqibatlaridan kelib chiqqan Afrikadagi oziq-ovqat inqirozidan xavotirda bo‘lgan “Brazzaville” jamg‘armasi hisoblanadi.

Joriy yilning iyun oyi boshida ushbu olti davlat nomidan tinchlikparvar missiya Ukraina va Rossiyaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Biroq Kiyev bu kabi takliflar urushni to‘xtata olmasligini allaqachon ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afrika Moskva Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing