Afg‘onlar iltimosiga ko‘ra To‘ra Bobolov Balx hokimi bilan uchrashdi 

Jamiyat

image

Kecha, 27 sentyabr kuni Termiz shahrida Surxondaryo va Balx viloyatlari hokimlari boshchiligida O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi hududlari boshqaruv idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi xabar berdi

Qayd etilishicha, yig‘ilish afg‘on tomonining iltimosiga binoan Afg‘onistonga import mollarini tranzit tashuvi bilan bog‘liq masalalarni hal etish maqsadida tashkil etilgan. Muloqot dastavval eng zarur xalq iste’mol tovarlari: oziq-ovqatlar, dori-darmon, tibbiy anjomlar, kiyim-kechak va yoqilg‘i xususida borgan.

Uchrashuvda muhokama etilgan masalalar, jumladan Afg‘onistonda yuzaga kelgan og‘ir gumanitar vaziyat davrida mamlakatga yuklarni yetkazib berish va tranzit o‘tkazishda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Yig‘ilish so‘nggida tomonlar eng dolzarb chegaraoldi masalalari yuzasidan ishchi aloqalarini davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Surxondaryo va Afg‘onistonning Balx viloyatlari birinchi marta bunday yaqindan aloqa qilayotgani yo‘q. Xususan, joriy yilning 14 sentyabr kuni Afg‘onistonning Balx viloyatida O‘zbekiston delagatsiyasi “Tolibon” vakillari bilan uchrashgan.

“Hayraton” stansiyasida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev hamda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Prezident Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston xalqiga atalgan insonparvarlik yordamini “Tolibon” vakillariga topshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

506

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing