Afg‘onistondan O‘zbekistonga yana raketa otilgani aytilmoqda. Mudofaa vazirligi bayonot berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga uchinchi marta raketa hujumi uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xabarlar yuzasidan munosabat bildirib, mazkur mazmunda tarqatilayotgan axborot yolg‘on ekanini va haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

“O‘zbekiston-Afg‘oniston davlat chegarasi O‘zbekiston harbiylari tomonidan to‘liq nazoratda, vaziyat barqaror.

Fuqarolarimizdan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklari va rasmiy manbalarga tayanishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyul kuni soat 16:20 da O‘zbekiston hududiga Afg‘oniston tomonidan 5 ta raketa kelib tushdi.

Oradan 12 kun o‘tib, 17 iyul kuni "Tolibon" harakati O‘zbekistonga raketa hujumi uyushtirgan guruh qo‘lga olinganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing