Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni 1100 nafardan oshdi

Olam

image

Afg‘onistonda zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1124 kishiga yetdi. Bu haqda Afg‘oniston Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lumotlariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Tashkilotning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 3251 kishi jarohat olgan, 8 mingdan ortiq uy esa falokat oqibatida vayron bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, bu – “Tolibon” hukumati hokimiyatga kelganidan (2021 yil) beri yuz bergan uchinchi yirik zilzila. Xorijiy kuchlar chiqib ketgach, davlat moliyasining asosiy qismini tashkil etgan xalqaro yordam ham keskin qisqargan. Diplomatlar va yordam tashkilotlari butun dunyodagi boshqa inqirozlar hamda “Tolibon”ning ayollarga nisbatan siyosatlari (xususan, ayol gumanitar xodimlarga qo‘yilgan cheklovlar) sabab moliyaviy ko‘mak qisqarganini aytishmoqda. Gumanitar yordam miqdori ham 2022 yildagi 3,8 milliard dollardan joriy yilda 767 million dollargacha kamaygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati halok bo‘lganlar sonini 812, yaradorlar sonini esa 2,8 ming kishi deb baholagan edi. Zilzila kecha, 1 sentyabrga o‘tar kechasi 6,0 magnitudada yuz bergan. Undan so‘ng yana 5,2 va 4,7 magnitudali ikki marta takroriy silkinish qayd etilgan. AQSH geologik xizmati (USGS) zilzila va takroriy silkinishlarning epitsentrini Kunar viloyatidagi Jalolobod shahri yaqinidagi hudud deb ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing