Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari ikki mingdan oshdi

Olam

image

Kecha, 7 oktyabr kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan vayronkor zilzila oqibatida 2 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 9 mingdan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda “Tolibon” yetakchiligidagi muvaqqat hukumatdagi Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish vazirligiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Agentlikning qayd etishicha, zilzila oqibatida 2053 kishi halok bo‘lgan, 9240 kishi jarohatlangan. Shuningdek, 1329 ta uy vayron bo‘lgan.

Rasmiylarga ko‘ra, olti qishloq butunlay vayron bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni Afg‘oniston g‘arbida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila aholisi 272 ming kishi bo‘lgan Hirot shahridan 40 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Uning o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Tabiiy ofat kuchi dastlab 6,1 ball deb hisoblangan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing