Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari 2400 dan oshdi
Olam
−
09 Oktabr 2023
4735Afg‘onistondagi kuchli zilzila oqibatida 2400 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda “ToloNews” xabar berdi.
Qutqaruvchilarning taxminicha, odamlar vayronalar ostida qolayotgani sababli qurbonlar soni bundan ham ortishi mumkin.
Birinchi zilziladan keyin yana sakkiz marotaba magnitudasi 4,3 dan 6,3 balgacha bo‘lgan aftershok yuz bergan. Oqibatda 20 qishloq aholisi jabrlangan, 1983 ta bino vayron bo‘lgan.
Qurbonlarning aksariyati Hirot viloyatining Zande Jan va Goriyan tumanlarida bo‘lgan, bu yerlarda 2 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi, 13 qishloq xarobaga aylangan. Hududlarda chodirlar, tibbiy buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari yetishmayapti.
Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati Afg‘onistonga 500 ta chodir, 1000 gilam, 4000 adyol va 500 ta oziq-ovqat paketidan iborat 10 qutqaruv guruhi va insonparvarlik yordamini yuborgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yaradorlarni shifoxonalarga yetkazish uchun 12 ta tez yordam mashinasini yuborgan.
Ushbu zilzila so‘nggi o‘n yillikdagi eng halokatlisi bo‘ldi.
Afg‘onistondagi falokat “Tolibon” 2021 yilda hokimiyatga kelganidan so‘ng, mamlakatdagi gumanitar inqiroz va xalqaro yordamning qisqarishi fonida ro‘y berdi.
Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni Afg‘oniston g‘arbida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila aholisi 272 ming kishi bo‘lgan Hirot shahridan 40 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Uning o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Tabiiy ofat kuchi dastlab 6,1 ball deb hisoblangan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr