Afg‘onistondagi portlashda bir oilaning 12 a’zosi halok bo‘ldi

Olam

image

Joriy yil 7 avgust kuni Afg‘onistonda yuz bergan portlash oqibatda bir oilaning 12 a’zosi halok bo‘ldi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bor. Bu haqda “Arian News" nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Paktiya provinsiyasi Sayid Karam tumanining Chino qishlog‘ida yuz bergan. Oila mikroavtobus orqali viloyat markazidan qochayotganda to‘satdan yo‘l chetidagi mina portlagan. Oqibatda uch ayol, uch erkak va olti bola halok bo‘lib, ikki bola yaralangan. 

Ta’kidlanishicha, hozircha hech bir guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Paktiya provinsiyasi gubernatori esa mina portlashida "Tolibon"ni ayblayapti.

Afg‘oniston mustaqil inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi (AIHRC) hisobotiga ko‘ra, joriy yilning yanvar -iyun oyida tolibonlar 5321 nafar tinch fuqaroni o‘ldirgan yoki jarohatlagan.

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, Italiya, Avstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing