Afg‘onistondagi keskinlik. Zarurat tug‘ilsa, Rossiya O‘zbekistonga yordam beradimi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
O‘zbekiston tojik-afg‘on chegarasiga jangovar samolyotlar, zirhli texnika va maxsus kuchlarni yuboradi north_east

O‘zbekiston tojik-afg‘on chegarasiga jangovar samolyotlar, zirhli texnika va maxsus kuchlarni yuboradi

Moskva Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan Toshkent bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Agar zarurat tug‘ilsa, Rossiya O‘zbekistonga yordam berishga tayyor. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Andrey Rudenko RIA Novostiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Albatta, Afg‘oniston ichidagi mojaroning kuchayishi va uning qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlariga salbiy ta’siridan xavotirlanmasligimiz mumkin emas, shuning uchun o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan doimiy aloqadamiz. O‘zbekiston Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan umumiy chegaraga ega bo‘lgan ittifoqdoshimiz va strategik sherigimizdir. Agar zarurat tug‘ilsa va O‘zbekiston rahbariyati tomonidan tegishli murojaat kelib tushsa, do‘stlarga qo‘shimcha yordam berishga tayyormiz”, deydi Rudenko.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust va sentyabr oylarida Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiylari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Qayd etish kerakki, ushbu harbiy mashg‘ulotlarning bir qismi Surxondaryo viloyati Termiz shahri poligonlarida bo‘lib o‘tadi.

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing