Afg‘onistonda yana zilzila. Uning kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
Olam
−
29 iyun 2022
28620Bugun, 29 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:30 atrofida Afg‘onistonda yana zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida ham sezildi.
Qayd etilishicha, Zilzila Toshkentdan 556 kilometr janubiy-g‘arbda sodir bo‘lgan. Uzun tumanida zilzilaning sezilish kuchi 2 ball, 296 kilometr.
Zilzila koordinatalari: 36,4 gradus shimoliy kenglik; 70,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,7. Chuqurlik 195 kilometr.
Eslatib o‘tamiz, 22 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 01:55 atrofida Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgandi va bu O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida ham sezilgandi.
Afg‘onistonning sharqiy qismida yuz bergan zilzila oqibatida avvaliga 255 kishi halok bo‘lgani, kamida 150 kishi jarohat olgani haqida ma’lum qilindi. Keyinchalik esa qurbonlar soni 2000 nafardan ortib ketdi.
Mamlakatni boshqarayotgan "Tolibon" harakati rahbari Haybatulloh Oxundzoda Xost va Paktika viloyatlarida yuz bergan zilzila munosabati bilan xalqaro tuzilmalardan yordam so‘radi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi zilzilaga munosabat bildirib, rasmiy Toshkent Afg‘onistonga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishga tayyorligini e’lon qildi.
Shuningdek, “Tolibon” Paktika va Xost viloyatlarida zilzila qurbonlariga yordam berish uchun 1 milliard afg‘oni (taxminan 11 million dollar) ajratishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi