Afg‘onistonda yana masjidda portlash sodir bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 15 oktyabr kuni Afg‘onistonning Qandahor shahridagi Bibi-Fotima masjidida portlash sodir bo‘ldi. Shialar masjidida terrorchi o‘zini portlatgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Vaziyatdan xabardor mahalliy manbaning ma’lum qilishicha, ko‘p odamlar o‘lgan va yaralangan. Portlash hudkush-terrorchi tomonidan uyushtirilgan”, deyiladi xabarda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 7 kishi o‘lgan, 13 kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir hafta oldin, 8 oktyabr kuni Afg‘onistonning Qunduz viloyatida joylashgan shialar masjidida portlash yuz bergandi. Buning oqibatida 120 kishi halok bo‘lib,150 kishi yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

378

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing