Afg‘onistonda yana bir qarshilik fronti borligi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
14 Sentabr 2021
23382Afg‘onistonda Panjsher qarshilik kuchlaridan tashqari “Milliy ozodlik fronti” ham borligi ma’lum qilindi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar bergan.
Ushbu ma’lumot jurnalist Bashir Ahmad Kasani tomonidan taqdim etilgan.
Qarshilik kuchlari deklaratsiyasida front Afg‘oniston g‘arbidagi Pokiston bilan bog‘liq harakatga hujum qilish uchun qo‘shinlarni faollashtirishga tayyorligini bildirgan. Hujjatda front rahbarining ismi ko‘rsatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH tarixida eng uzoq – 20 yil davom etgan harbiy operatsiya joriy yilning 31 avgust kuni yakunlandi. Ahamiyatlisi, amerikaliklar Afg‘onistonni tark etishga ulgurmasidan joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati hokimiyatni egalladi.
Prezident Ashraf G‘ani boshliq AQSHga hamkor hukumat ag‘darildi. Prezident G‘ani mamlakatdan qochib ketdi. Hozirgacha Afg‘onistonda "Tolibon" bilan faqatgina Milliy qarshilik fronti kurashib kelayotgandi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni toliblar qarshilik kuchlarining markazi bo‘lgan Panjsher viloyatiga ham kirib bordi. Biroq, qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud qo‘lga olinmagan. Hududdagi qarshilik harakatlari hamon davom etayotgani aytilmoqda.
Bu orada OAVda Ahmad Mas’ud mamlakatni tark etgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroz o‘tib esa ular rad etildi.
LiveBarchasi