Afg‘onistonda “Tolibon” ommaviy ravishda ayollarni qamchiladi
Olam
−
21 dekabr 2022
13899Afg‘onistonda “Tolibon” ommaviy ravishda 30 kishini, jumladan, ayollarni ham qamchiladi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
Jauzjon viloyati bosh sudyasi Abdul Vahob Zohidning aytishicha, mahkum etilgan 22 mahalliy aholi o‘g‘rilik, zino va giyohvand moddalar savdosida ayblanib, 25 dan 39 darragacha urilgan. Ommaviy qatlda mahalliy amaldorlar, din olimlari va qabila oqsoqollari ishtirok etdi.
Kapisa provinsiyasida yetti erkak va bir ayol xuddi shunday jazoga tortildi. Bu haqda Najron okrugi apellyatsiya sudi rahbari Subhonuddin Sobhoniy ma’lum qildi.
Avvalroq Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati mamlakat universitetlaridan keyingi qarorga qadar talaba qizlar uchun darslarni to‘xtatishni talab qilgani haqida xabar berilgan edi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi