Afg‘onistonda “Tolibon” 14 harbiyni o‘ldirdi

Olam

image

“Tolibon” terrorchilik tashkiloti jangarilari Afg‘oniston Islom Respublikasining Juzjon viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qildi va kamida 14 nafar harbiyni o‘ldirdi. Bu haqda mamlakatning 1TV telekanali gubernator vakili Abdul Ma’ruf Azarga tayanib xabar bermoqda. 

Xabarda yozilishicha, yana besh kishi jarohatlangan. 

Afg‘on harbiylari qurolli to‘qnashuv vaqtida 7 nafar jangari yo‘q qilib, 3 nafarini jarohatlagan.

Telekanal xabarida so‘nggi paytlarda “Tolibon”ning Afg‘oniston qurolli kuchlariga hujumlari ko‘paygani ta’kidlangan.

Afg‘onistonda Hukumat kuchlari va ilgari mamlakatning qishloq joylarida muhim hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirgan "Tolibon" radikal harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik avj olib bormoqda.  ISHIDning ta’siri butun mamlakat bo‘ylab kuchaymoqda. Afg‘oniston milliy mudofaasi va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab qo‘shma aksilterror operatsiyalarini o‘tkazmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

94

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing