Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
09:03 1942 1 daqiqa
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan yer qimirlashi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Bugun, 13 fevral kuni soat 03:12 da Afg‘oniston hududida zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 763 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Magnituda: 5,5. Chuqurligi: 100 km. Epitsentr: Vardak, Afg‘oniston. Koordinatalari: 34,45 daraja shimoliy kenglik, 68,21 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Surxandaryo viloyatida 2-3 ball, 322 km;
Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 534 km.
Live
Barchasi