Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2025 9655 1 daqiqa
Bugun, 7 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:35 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 434 km janubiy-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 5 ball. Magnitudasi 5,2. Chuqurligi: 30 km. Epitsentr: Afg‘oniston. Koordinatalari 37,4 daraja shimoliy kenglik, 69,93 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Sho‘rchi tumanida 2 ball, 192 km;
- Uzun tumanida 2 ball, 199 km;
- Denov tumanida 2 ball, 204 km;
- Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 211 km;
- Sariosiyo tumanida 2 ball, 211 km;
- Oltinsoy tumanida 2 ball, 212 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda 7 balli zilzila sodir bo‘lib, uning tebranishi O‘zbekiston va Qozog‘iston hududida ham sezilgandi.
Live
Barchasi