Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Olam

image

Afg‘onistonda shaxmat o‘yini taqiqlandi. Bu haqda “Tolibon” muvaqqat hukumatining ezgulikni targ‘ib qilish va buzuqlikning oldini olish vazirligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, joriy yilning 9 may kuni shaxmat hamjamiyati vakillari Sport departamentiga murojaat qilib, klub faoliyatini davom ettirish, musobaqalar o‘tkazish va rasmiy qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan. Javob esa salbiy bo‘lgan – shaxmat Amir farmoni bilan taqiqlangani va federatsiyaga faoliyat yuritish huquqi yo‘qligi bildirilgan.

Sport departamenti vakili Atal Mashvaniyning so‘zlariga ko‘ra, shaxmat “Tolibon” tomonidan 2024 yilda qabul qilingan “Ezgulikni targ‘ib qilish va yovuzlikning oldini olish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq taqiqlangan qimor o‘yinlari toifasiga kiradi.

“Tolibon” hokimiyatga kelganidan keyin ham federatsiya o‘z faoliyatini davom ettirib, erkaklar hamda ayollarga shaxmat o‘rgatgan va butun mamlakat bo‘ylab turnirlar o‘tkazib kelgan edi. Endilikda mahalliy shaxmatchilar aytishicha, bu sport turi butkul inqirozga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing