Afg‘onistonda Prezidentlik uchun saylov boshlandi

Olam

image

Bugun, 28 sentyabr kuni Afg‘onistonda mamlakat Prezidentligi uchun saylovlar boshlandi. Bu 2001 yilda “Tolibon” hokimiyatdan ag‘darilgandan keyin o‘tkazilayotgan uchinchi saylov, deb xabar bermoqda “Tolo News”.

Mustaqil saylov komissiyalarining ma’lumotiga ko‘ra, qariyb 9,6 mln kishi saylovda ovoz berish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Saylov uchastkalarining umumiy soni 5373 ta bo‘lib, saylov kuni 445 ta saylov uchastkasi yopiq bo‘ladi.

Dastlab Prezidentlik uchun kurashga kirishish uchun 18 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tdi. Biroq keyinroq ularning besh nafari – Muhammad Xanif Atmar, Noorulxak Ulumi, Shayda Muhammad Abdali, Zalmay Rasul va Muhammad Irohim Alokozay poygadan chiqdi.

Картинки по запросу Voting Begins In Afghanistan

So‘nggi 5 yil davomida mamlakatni boshqarib kelayotgan Prezident Ashraf G‘ani va Milliy birlik hukumatini boshqargan Bosh vazir Abdulla Abdulla ham saylovda ishtirok etyapti. Ular saylovdagi asosiy nomzod hisoblanadi. G‘ani va Abdullaga Xavfsizlik bo‘yicha milliy direksiya sobiq rahbari Rahmatulla Nabil, Afg‘on mujoxidlari sobiq yetakchisi Gulbeddin Hikmatyor va Afg‘onistonning Buyuk Britaniyadagi sobiq elchisi Ahmad Vali Masud raqobatchilik qilishi mumkin.

Afg‘oniston IIV ma’lumotiga ko‘ra, deyarli 72 ming xavfsizlik xodimi saylovlarning tinch o‘tishi uchun safarbar qilingan.

Saylov komissiyasining bosh kotibi Habib-ur-Rahmon Nang saylov kuni 144 146 nafar milliy va xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston saylov

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing