Afg‘onistonda ota 16 yoshli qizini 500 dollarga sotib yubordi

Olam

image

Afg‘onistonlik fuqaro o‘ta qashshoqlik tufayli 16 yoshli qizini 500 dollarga sotdi. Bu haqda manbaga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

Hodisa mamlakat shimoli-sharqidagi Bagdis provinsiyasida sodir bo‘lgan. Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, erkak Najiba ismli qizini boshqa oilaga 50 ming afg‘on (549,7 dollar) ga sotgan, bu taxminan 5 million 800 ming so‘mga teng.

Qayd etish kerakki, bu birgina holat emas. Bola savdosi mamlakatdagi ochlik ortidan keskin rivojlanib bormoqda. Jumladan, 8 yoshli Asho 23 yoshli afg‘onga 300 ming afg‘oniyga (3 ming dollar) sotilgan. Bundan tashqari, bir yarim yoshdagi Shukriyani otasi 2 800 dollarga sotishga qaror qilgan.

“Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, yuzaga kelgan beqaror vaziyat tufayli ko‘plab afg‘onlar haqiqatan ham moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Mamlakat aktivlari muzlatilgan, banklar yopilgan va muhim xorijiy yordam to‘xtatilgan. Ekspertlar xalqaro hamjamiyat ko‘magisiz yaqin haftalarda keng qamrovli inqiroz boshlanishini taxmin qilmoqda.

Afg‘oniston milliy valyutasi joriy yilning 15 avgustidan so‘ng keskin pasayib, o‘z qiymatini yo‘qotdi. Bozorda faoliyat yurituvchi ikki kompaniya – Western Union va MoneyGram faoliyatini, AQSH esa mamlakatga dollar yetkazib berishni to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

988

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing