Afg‘onistonda ISHID jangarilari 3 baravar ko‘paydi – Putinning vakili

Olam

image

ISHID jangarilari soni Afg‘oniston hududida “Tolibon” harakati hokimiyatga kelganidan beri taxminan 6 ming kishiga yetdi, ya’ni uch baravar ko‘paydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Tashqi ishlar vazirligining Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qildi.

"Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning soni olti mingga yetdi. Yodingizda bo‘lsa, “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, ISHIDga qarshi kurashishni boshlagandi va ularning soni ikki mingga yaqin edi, ya’ni kutilmaganda ular uch barobar ko‘payib ketgan", deydi u. 

Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” hokimiyatga kelishidan avval ISHID jangarilari o‘n mingdan ortiq bo‘lgan. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishining eng salbiy tomoni bo‘lib, bu nafaqat Qobul, balki Rossiya hamkorlari – Eron, Pokiston va Xitoyning milliy manfaatlariga ham xavf tug‘diradi.

Maxsus vakilning ta’kidlashicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli “Tolibon” aksilterror kuchlarining jangovar qobiliyati va moddiy ahvolini kerakli darajada ushlab turish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega emas. Unga ko‘ra, G‘arb terrorchi guruhni kuchaytirish uchun ataylab sharoit yaratmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

558

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing