Afg‘onistonda ISHID rahbarlaridan biri hibsga olindi

Olam

image

Afg‘oniston maxsus xizmatlari Kobulda ISHID terroristik guruhining rahbarlaridan biri G‘ulom Nosirni qo‘lga oldi. Bu haqda Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulloh Solih ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Al-Xorasani nomi bilan tanilgan G‘ulom Nosir "Tolibon" harakatining ham yetakchisi bo‘lgan.

Solihning ta’kidlashicha, Nosir Kobuldagi teraktlarni tashkil qilishda "muhim rol o‘ynagan". Bundan tashqari, u 14 yoshli bolani o‘g‘irlash, qiynoqqa solish, zo‘rlash va qotillikda ayblanmoqda.

Afg‘oniston rasmiylariga ko‘ra, Nosir yuqoridagi jinoyatlarni sodir etganidan keyin ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Keyinchalik, u Afg‘oniston milliy xavfsizlik jangchilari tomonidan hibsga olingan.

Avvalroq, Iroq qurolli kuchlari “Yo‘lbars amiri” laqabli ISHID terroristik guruhi rahbarlaridan birini qo‘lga olgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing