Afg‘onistonda bir milliondan ortiq qiz ta’lim olishdan mahrum bo‘ldi
Olam
−
22 mart
5724Joriy yilning 20 martidan Afg‘onistonda "qizlarsiz o‘quv yili" boshlandi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, bu yilgi o‘quv yilidan boshlab 1 milliondan ortiq qizlar ta’lim huquqidan mahrum qilingan. 5 millionga yaqin bola esa "Tolibon" hokimiyatni egallashidan oldin sharoit yo‘qligi va boshqa sabablarga ko‘ra, maktablarga borishni to‘xtatgani taxmin qilinmoqda.
"Tolibon" ta’lim vazirligi yangi o‘quv yilining qanday boshlanayotganini o‘rganish uchun ayol jurnalistlarning ishtirok etishiga ham ruxsat bermagan.
“Opa-singillar uchun mos joy yo‘qligi sababli, ayol muxbirlardan uzr so‘raymiz”, deyilgan jurnalistlarning xatlariga javoban.
Marosim chog‘ida Tolibon Ta’lim vaziri Habibulla Og‘a vazirlik imkon qadar diniy va zamonaviy fanlar ta’lim sifatini oshirishga harakat qilayotganini aytgan. Shuningdek, talabalarni Islom va afg‘on tamoyillariga zid kiyim kiyishdan saqlanishga chaqirgan.
"Tolibon"ning martabali vakili Abdul Salam Hanafiyning aytishicha, mamlakatning barcha chekka hududlarida ta’limni kengaytirishga harakat qilinmoqda.
Nashrga ko‘ra, dastlab mo‘’tadilroq tartib va’da qilinganiga qaramay, guruh 2021 yilda Qo‘shma Shtatlar va NATO kuchlari mamlakatdan quvib chiqarilishi ortidan qo‘yilgan qattiq choralar doirasida, ayollarga oliy ma’lumot olish, bog‘lar, jamoat joylarida ishlashni taqiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning yoz oylarida Afg‘onistondagi universitet professorlari, ayol huquqlari faollari va din arboblari mamlakatda qizlar uchun maktab va universitetlarni qayta ochish uchun “Afg‘on qizlari ta’limi” kampaniyasini boshlagan edi.
LiveBarchasi