Afg‘onistonda ayollar namoyish o‘tkazdi (video)

Olam

image

Bugun, 16 sentyabr kuni Afg‘onistonda yuzlab nafaqaxo‘r ayollar Qobuldagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tomonidan boshqariladigan nafaqa idorasi oldida yig‘ildi va uzoq muddat kechiktirilgan nafaqa pullarini talab qilib, namoyish o‘tkazdi. Bu haqda “Amu TV” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishda ishtirok etgan ayollar kamida beshta davlat muassasalaridan, jumladan, sobiq Ta’lim vazirligi va tarqatib yuborilgan Afg‘oniston parlamenti vakillaridan bo‘lgan.

Hodisa guvohlarining aytishicha, nafaqa bo‘limi darvozasiga yig‘ilgan ayollarni “Tolibon” qo‘riqchilari kuch bilan tarqatib yuborgan.

Shuningdek, namoyish paytida ba’zi ayollar kaltaklangan. 

“Biz faqat nafaqimizni so‘radik. Buning o‘rniga ular bizga nisbatan zo‘ravonlik qildi”, deydi ishtirokchilardan biri.

Ayollarning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakatga “Tolibon” hokimiyatga kelganidan beri oilalar og‘ir iqtisodiy ahvoldan qayta-qayta shikoyat qilishgan. Keksalarning ko‘pchiligi bir necha oy davomida nafaqalarsiz qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Svetlana Jakupova hukumat yig‘ilishida noqonuniy ravishda nafaqa olgan va qo‘sh fuqaroligi bo‘lgan qozog‘istonliklar olgan nafaqasining bir qismini byudjetga qaytarishi haqida gapirgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afg'oniston Qobul namoyish “Tolibon”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing