Ayrim nafaqaxo‘rlar oldin olgan nafaqa pullarini bir qismini qaytaradi. Qozog‘istonda!
Olam
−
11 Sentabr 2025 6234 1 daqiqa
Noqonuniy ravishda nafaqa olgan va qo‘sh fuqaroligi bo‘lgan qozog‘istonliklar olgan nafaqasining bir qismini byudjetga qaytaradi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Svetlana Jakupova hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi.
Jakupovaning so‘zlariga ko‘ra, bunday fuqarolarga oid materiallar allaqachon Moliyaviy monitoring agentligiga o‘tkazilgan. Ular surishtiruv ishlarini olib bormoqda va aniq pul miqdorini aniqlaydi.
“Qozog‘istonda yashamaydigan va ikkinchi fuqarolikka ega bo‘lgan holda mamlakatni tark etgan ko‘plab nafaqaxo‘rlar aniqladik. Shuning uchun endi nafaqat nafaqaxo‘rlarga nisbatan, balki yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish talablari ham qat’iylashtirildi”, degan vazir.
Svetlana Jakupovaning tushuntirishicha, yangi qoidalar Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan va faqat vaqtincha xorijga chiqqan nafaqaxo‘rlarga ta’sir qilmaydi. Bunday hollarda nafaqa to‘xtatilishi mumkin, ammo ular qaytgandan keyin nafaqa to‘liq to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025