Afg‘onistonda AQSHning hech qanday qurol-yarog‘i qolmagan – Oq uy

Olam

image

AQSH Afg‘onistonda hech qanday qurol-yarog‘ qoldirmagan. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik gapirayotgan 7 milliard dollarlik qurol-yarog‘ va jihozlarni rasmiy Vashington afg‘on armiyasiga oldindan o‘tkazib bergan va texnik jihatdan ularni amerikaliklar berib qo‘ymagan.  Ammo Qo‘shma Shtatlar rasman faqat Kobul aeroportida bo‘lgan qurol-yarog‘lardan voz kechgan. Shu bilan birga AQSH harbiylari qurollarning barchasini ishdan chiqarishga harakat qilgan.

Shuningdek, Jon Kirbi uchrashuvda "Tehrik-i Tolibon Pokiston" jangarilari haqidagi savollarga javob bermagan. Biroq Kirbi AQSH Afg‘onistondan kelayotgan tahdidlarni to‘xtatish uchun Islomobod bilan hamkorlikni davom ettirishini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondan NATO kuchlari chiqarilganidan keyin Turkiya Homid Karzay nomidagi Kobul xalqaro aeroporti xavfsizligini ta’minlashda yetakchi rol o‘ynashi va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va AQSH Prezidenti Jo Bayden Bryusselda o‘tgan ilk ikki tomonlama uchrashuvda shunga kelishib olganligi  haqda xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Oq uy qurol-yarog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing