Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida imtiyozli savdo bo‘yicha kelishuv imzolandi

Jamiyat

image

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatida sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri Laziz Qudratov bilan ikki davlat o‘rtasida imtiyozli savdo bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda “Tolo News” xabar berdi. 

Nashrga ko‘ra, ushbu kelishuv asosida ikki davlat o‘rtasidagi boj stavkalari kamaytiriladi, bu esa savdo faoliyatida qulayliklar yaratadi va ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaydi.

Shu bilan birga, tomonlar savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalarida Afg‘oniston-O‘zbekiston qo‘shma ish rejasini ham imzolagan.

“Ushbu hujjatlarning imzolanishi xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni rag‘batlantirish, mintaqaviy savdoni kengaytirish va ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ishtirok etayotgan Nuriddin Aziziyni qabul qilgan edi. Ular savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika va agrar sohalarda, shuningdek, geologiya-qidiruv va foydali qazilmalar borasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon xalqaro investitsiya forumi Laziz Qudratov Nuriddin Aziziy imtiyozli savdo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing