Afg‘oniston va Eron o‘zaro mahbuslarni almashdi

Olam

image

Hirotdagi Islom qal’asi nazorat-o‘tkazish punktida Afg‘oniston va Eron o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Tolibon” Muvaqqat hukumati Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Hafiz Ziyo Ahmad Takal o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. 

Takal Eron qamoqxonalaridagi 180 nafar afg‘on Hirotdagi Islom qal’asi nazorat punkti orqali ularga topshirilganini aytdi.

Vazirlik vakiliga ko‘ra, ayni damda Eron ushbu mamlakatning 1131 nafar fuqarosini Afg‘oniston tomoniga topshirgan.

Eronning IRNA axborot agentligi esa 178 nafar afg‘on mahbus o‘z vataniga qaytarilganini ma’lum qildi. 

Eronning mahkumlar bo‘yicha komissiyasi raisi Asker Jaloliddin IRNA axborot agentligi jurnalisti bilan suhbatda, o‘z navbatida, “Tolibon” ma’muriyati uch nafar eronlik mahbusni ularga topshirganini aytgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Eron qamoqxonalaridagi qariyb 7000 nafar xorijlikdan 6620 nafari afg‘onlardir.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Eron mahbuslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing