Afg‘oniston urushini boshlagan Bush AQSH qo‘shinlarining chekinishiga munosabat bildirdi

Olam

image
Afg‘oniston va Pokiston rahbarlari ishtirokida Toshkentda o‘tadigan konferensiya qaysi maqsadlarga xizmat qiladi? north_east

Afg‘oniston va Pokiston rahbarlari ishtirokida Toshkentda o‘tadigan konferensiya qaysi maqsadlarga xizmat qiladi?

AQSH hukumatining Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi qarori xato. Bu haqda AQSHning sobiq Prezidenti Jorj Bush (2001-2009 yillarda hokimiyat tepasida bo‘lgan) “Deutsche Welle” media kompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Afg‘oniston ayollari va qizlariga ta’riflab bo‘lmaydigan zarar yetkaziladi. Bu xato. Ularni shunchaki tashlab yuborishadi va bu mening yuragimni ezyapti”, deydi Bush. 

Sobiq Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Germaniya kansleri Angela Merkel ham, ehtimol “xuddi shu narsani his qilyapti”.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH tarixida eng uzoq davom etgan Afg‘oniston urushi davrida Oq uyning rahbari 4 marta almashdi. Shulardan biri 2001-2009 yillarda AQSH Prezidenti bo‘lgan Jorj Bushdir. Qayd etish kerakki, u AQSH Prezidentiga aylanganidan atigi bir necha oy o‘tib, aniqrog‘i 2001 yilning 11 sentyabrida Amerikada seriyali terrorchilik harakatlari amalga oshirildi. Bunga javoban Bush terrorizmga qarshi urush e’lon qildi. Shundan so‘ng, AQSH Prezidenti 2001 yilning o‘zidayoq Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. 

Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 6 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 90 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Rasmiy Kobul harakat tarafdorlariga qarshi qarshi hujumlarni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

358

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing