Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi oldida portlash sodir bo‘ldi
Olam
−
27 mart 2023
4657Bugun, 27 mart kuni Qobulda Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “1 Tv News” telekanali xabar berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘lib, yana 12 kishi jarohat olgan.
“Tolibon” harakati tomonidan tayinlangan mahalliy ma’muriyat vakillari Qobuldagi portlash haqidagi ma’lumotga izoh bermagan.
Shu yilning yanvar oyida ham Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yonida kuchli portlash sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning aksariyati mamlakat muvaqqat hukumatining Tashqi ishlar vazirligi hamda Madaniyat va axborot vazirligida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Qobuldagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining Ichki ishlar vazirligiga qarashli masjidida portlash uyushtirgan ISHID terrorchilik guruhining asosiy a’zosi Asad Lag‘moniy “Tolibon” xavfsizlik kuchlari tomonidan yo‘q qilingandi.
LiveBarchasi