Afg‘oniston shimolidagi masjidda portlash sodir bo‘ldi
Olam
−
21 aprel 2022 6645 1 daqiqa
Afg‘oniston shimolida joylashgan Mozori Sharif shahridagi masjidda bugun, 21 aprel kuni namoz o‘qilayotgan vaqtda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy 1TV News telekanali manbalarga tayanib xabar bergan.
Qayd etilishicha, hodisa yuz bergan masjid shaharning gavjum hududida joylashgan.
“Tolo News” telekanaliga ko‘ra, portlash oqibatida zarar ko‘rganlar ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston poytaxti Qobulda kecha, 20 aprel kuni ertalab portlash sodir bo‘lgandi. Portlash Afg‘oniston poytaxtining ikkinchi xavfsizlik hududidagi politsiya punkti yaqinida yuz bergandi.
Live
Barchasi