Afg‘onistondagi kuchli portlashda 30 kishi kurbon bo‘ldi
Olam
−
01 may 2021
5121Afg‘oniston sharqidagi Logar viloyatida bomba portlashi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi va 60 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bu haqda "1TV" mahalliy hokimiyat organlariga tayanib xabar bergan.
Hodisa viloyat markazi Pol-ye Olam shahrida sodir bo‘lgan.
Logar viloyatining Axborot va madaniyat bo‘limi boshlig‘i Abdulrahmon Tasalga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati talabalar, davlat xizmatchilari va yotoqxonada qolgan boshqa fuqarolardir.
Hozircha mahalliy guruhlarning hech biri sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Guvohlarga ko‘ra, bomba yuklangan mashina markaziy shifoxona yonida portlagan. Hujumdan ko‘zlangan maqsad yaqin atrofdagi binoni portlatish bo‘lgan.
Portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, u bir necha kilometr radiusdagi uylarning derazalarini sindirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘nlab odamlar vayronalar ostida qolgan.
Kuchli portlash Afg‘onistondan Amerika koalitsiyasi qo‘shinlari chiqarilishi boshlangan kunning ertasiga sodir bo‘lgan.
Avvalroq, AQSH Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish ishlarini boshlab yuborgani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil fevral oyi oxirida AQSH va “Tolibon” tinchlik shartnomasini imzoladi. Kelishuvlarga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari shartnoma tuzilganidan 14 oy o‘tgach, aniqrog‘i 2021 yilning mayigacha Afg‘onistonni tark etishi kerak edi.
14 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSHning Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganini va 1 maydan boshlab mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqib ketish 11 sentyabrgacha yakunlanishi kerak.
LiveBarchasi