Afg‘oniston Rossiyadan gaz va neft sotib olmoqchi

Olam

image

Afg‘oniston hukumati Rossiya bilan iqtisodiy, xususan, gaz va neft sotib olish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish niyatida. Bu haqda Afg‘onistonning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili Jamol Nosir Garval ma’lum qilgan

"Biz biznes va moliya sohasida muzokaralar olib bormoqdamiz. Aniq sohalarga kelsak, biz yoqilg‘i, gaz sotib olishdan manfaatdormiz, bu birinchi navbatda mamlakatimizga kerak", deydi Garval.

Shuningdek, u rasmiy Qobul Moskva bilan aniq kelishuvlarga erishish va imzolash niyatida ekanligini qo‘shimcha qilgan. 

"Biz TAPI loyihasi bo‘yicha ishlar davom etishini, loyiha doirasidagi hamkorligimiz davom etishini juda xohlaymiz. Ayni paytda buni xohlayotganlar juda ko‘p", deya xulosa qilgan Garval. 

Ma’lumot uchun, TAPI quvuri (Turkmaniston – Afg‘oniston – Pokiston – Hindiston) qurilishi 2015 yil dekabr oyida boshlangan. Loyihaga ko‘ra, uning uzunligi 1 814 kilometr, quvvati esa yiliga 30 milliard kub metr tabiiy gazga yetkaziladi. Gaz quvurining Afg‘oniston hududidan o‘tishi kerak bo‘lgan qismi ichki siyosiy ziddiyat tufayli har doim eng muammoli bo‘lib kelgan. Shunga qaramay, “Tolibon”  hokimiyatga kelganidan keyin ular loyihani davom ettirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH 2021 yil bahorida o‘z Qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketishini e’lon qilganidan keyin “Tolibon” harakati Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 15 avgust kuni “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi, Prezident Ashraf G‘ani esa Respublikani tark etdi. 6 sentyabrda toliblar butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida e’lon qilgan bo‘lsa, 7 sentyabrda esa qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing