Afg‘oniston IIV binosida portlash sodir bo‘ldi
Olam
−
05 Oktabr 2022
6944Bugun, 5 oktyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi “Tolibon” hukumati Ichki ishlar vazirligiga qarashli masjidda portlash sodir bo‘ldi. Unda ikki kishi qurbon bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra, portlovchi moslama peshin namozi vaqtida ishga tushirilgan.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Nafi Thakur halok bo‘lganlar va yaradorlar shaxsi haqida ma’lumot bermay, portlashni tasdiqladi.
Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi binosiga olib boruvchi yo‘llar to‘sib qo‘yilgan. Ommaviy axborot vositalari vakillariga suratga va videoga olish taqiqlanadi.
Qobuldagi xalqaro nohukumat Favqulodda vaziyat shifoxonasi vakillariga ko‘ra, 18 jabrlanuvchi tibbiy muassasaga yetkazilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash sodir bo‘lgan vaqtda masjidda Ichki ishlar vazirligi xodimlari bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 sentyabr kuni Qobul g‘arbidagi Kaj ta’lim markazida yuz bergan portlashda 53 kishi, jumladan, 46 qiz halok bo‘lgan edi. Qurbonlarning deyarli barchasi talabalardir.
LiveBarchasi