Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formati qachon qayerda o‘tkazilishi aytildi

Olam

image

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Moskva formatidagi yangi yig‘ilish sentyabr oxirida Qozonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 17 iyul TASSga Rossiya Federatsiyasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Tashqi ishlar vazirligining Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qildi. 

“Sentyabr oyi oxirida Qozonda”, dedi diplomat tegishli savolga javob berar ekan. 

Shuningdek, Kabulov “Tolibon” harakati (Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan “Tolibon” harakati vakillari) “taklifni qabul qilganini” ham aytdi. Unga ko‘ra, yig‘ilishda Moskva formatining barcha a’zolari ishtirok etadi. Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatiga Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi. 

Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatining avvalgi uchrashuvi o‘tgan yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan edi. 

2021 yil bahorida AQSH o‘z Qurolli kuchlarini u yerdan olib chiqish qarorini e’lon qilganidan so‘ng “Tolibon” Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani boshlagan edi. O‘sha yilning 15 avgustida radikallar Qobulga jangsiz kirib kelishdi va 7 sentyabrda ular qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing