Afg‘oniston aeroportlari xavfsizligi BAA kompaniyalariga yuklandi

Olam

image

“Tolibon” muvaqqat hukumati Afg‘onistondagi to‘rtta aeroport xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha BAA kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumatining Transport va aviatsiya vazirligi xabar berdi.

Kelishuv doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining “GAAC” va “G42” kompaniyalari Qobul, Hirot, Qandahor va Mozori Sharif aeroportlari xavfsizligi uchun javobgar bo‘ladi.

“Tolibon” muvaqqat hukumati xalqaro va mahalliy aviakompaniyalar xavfsizligini kafolatlash va yaxshilash maqsadida “GAAC Solutions” kompaniyasi bilan 18 oyga mo‘ljallangan havo portlari va yo‘lovchilar xavfsizligi bo‘yicha bitim tuzdi. 

Avvalroq, 24 may kuni “Tolibon” muvaqqat hukumati qoshidagi Transport va fuqaro aviatsiyasi vazirligi “GAAC Solutions” kompaniyasi bilan Qobul, Hirot va Qandahor aeroportlariga yerda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

Afg‘onistondagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan “Qobul Hamid Karzay” aeroporti faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish toliblar hokimiyatni qo‘lga kiritganidan buyon kun tartibidagi muhim masalalar qatoriga kirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yuzdan ortiq samolyotni joylashtirishga qodir va eng yirik harbiy bazalardan biri bo‘lgan Qobul aeroporti ichki va xalqaro reyslar uchun odatiy rejimda ishlamoqda.

 

Ibrohimjon G‘afforov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing