Afg‘on-tojik chegarasida vaziyat keskinlashsa, Dushanbe kimga “suyanishi” ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasida vaziyat taranglashsa, rasmiy Dushanbega yordam ko‘rsatadi. Bu haqda KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas Mudofaa vazirlari, Tashqi ishlar vazirlari va tashkilotning Xavfsizlik kengashlari kotiblari qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi.

U Afg‘onistondagi vaziyat Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotini tashvishga solayotganini ta’kidlagan.

“KXSHTga a’zo barcha davlatlar bir ovozdan va umumiy pozitsiyasini tasdiqladi. KXSHTning janubiy chegaralarida vaziyat keskinlashgan taqdirda, Tojikiston barcha zarur harbiy va diplomatik yordam ko‘rsatiladi”, degan Zas.

KXSHT rahbari jahon hamjamiyatini Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordm ko‘rsatishni ko‘paytirishga chorlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1526

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing