Afg‘on qochqinlari va yevropaliklarni evakuatsiya qilgan samolyot Toshkentga qo‘ndi
Jamiyat
−
18 avgust 2021
28286Kecha, 17 avgust kuni Germaniya Qurolli Kuchlariga tegishli Airbus A400M samolyoti Afg‘onistondan Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa fuqarolarini hamda bir qancha afg‘onlarni olib Toshkentga qo‘ndi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, bu Qobuldan Toshkentga uchgan ikkinchi evakuatsiya reysi bo‘lib, unda 125 kishi bo‘lgan. Umumiy hisobda Germaniya 260 kishini evakuatsiya qilgan.
Qobulan Toshkentga olib kelingan odamlar endilikda charter reyslar orqali Frankfurtga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer telefon orqali muloqot qilgandi. Suhbat chog‘ida Afg‘onistondan Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik ham davom ettirilishi alohida ta’kidlangan.
LiveBarchasi