Afg‘on hukumati “Tolibon”ning 100 nafar a’zosini ozodlikka chiqardi
Olam
−
03 may 2020
7046Afg‘on rasmiylari “Tolibon”ning kamida 100 a’zosini Kobuldagi qamoqxonadan ozod qildi. Bu haqda “TOLOnews” telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ozod qilingan mahbuslar Pul-e-Charxi qamoqxonasida bo‘lgan.
Umuman olganda, Tolibon mamlakat rasmiylaridan 5 ming mahbusni axloq tuzatish muassasalaridan ozod qilishni talab qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 29 fevral kuni Qatar poytaxti Doha shahrida AQSH va “Tolibon“ o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, afg‘onlararo maslahatlashuvlar 10 martda boshlanishi kerak edi. Ishonchni mustahkamlash choralari doirasida afg‘onlararo muzokaralar boshlangunga qadar 5000 ga yaqin toliblar va radikallar tomonidan ushlab turilgan mingga yaqin odam ozod qilinishi shart edi. Hozircha yuqoridagi talablarni ikki tomon ham to‘liq bajarmadi.
LiveBarchasi