AFC U23. O‘zbekiston yutqazib, keyingi bosqichga chiqdi
Sport
−
15 yanvar 2020
6919Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining “S” guruhidan o‘rin olgan bahslari yakunlandi. So‘nggi turda O‘zbekiston OTJ janubiy koreyalik raqiblariga qarshi maydonga chiqdi. Murosasiz kechgan bahs koreyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 5-daqiqasidayoq raqiblar tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 21-daqiqada Bobur Abduxoliqov uchrashuvda muvozanatni tikladi. Biroq ikkinchi taymda koreyaliklar hujumchisi Ox Sexunhisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.
U-23 Osiyo chempionati
“C” guruhi
O‘zbekiston 1 – 1 Janubiy Koreya
Gollar: 5′ Jeong Seungvon 1:0, 71′ Ox Sexun 1:2 – 21′ Bobir Abduxoliqov 1:1
Bosh hakam: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Xiroshi Yamauchi va Jun Mixara (ikkisi Yaponiya)
To‘rtinchi hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)
O‘zbekiston U-23: 1.Abduvohid Ne’matov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullayev, 6.Aziz G‘aniyev, 9.Jasurbek Yaxshiboyev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov.
Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.Sharof Muxitdinov, 8.Nurillo To‘xtasinov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 13.Sherzod Nasrullayev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboyev, 18.Doston Ibragimov.
Janubiy Koreya: 1.Song Bum Kun, 3.Kang Yun Sung, 5.Jong Te Vuk, 6.Kim Dong Xyun, 7.Vu Yong Jong, 12.Kim Je Vu, 16.Jong Sung Von, 17.Um Vun Sang, 18.Oh Se Xun, 20.Von Du Je, 22.Yun Jong Gyu.
Zaxira: 2.Li Yu Xyon, 4.Li Sang Min, 8.Kim Jing Yu, 9.Cho Guye Sung, 10.Li Dong Kyong, 11.Li Dong Jun, 13.Kim Jin Ya, 14.Kim De Von, 15.Kim Te Xyon, 19.Maeng Song Vung, 21.An Chan Gi, 23.An Jun Su.
Shu tariqa Janubiy Koreya termasi 9 ochko bilan “S” guruhini birinchi o‘rinda yakunladi. O‘zbekiston esa 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab, chorak final ishtirokchisiga aylandi. Musobaqada Eron terma jamoasi ham 4 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. To‘plar nisbati borasidagi ustunlik O‘zbekistonga foyda berdi. Shu tariqa Xitoy va Eron termalari musobaqani shu nuqtada yakunlashdi.
LiveBarchasi