AES qurilishiga o‘zbekistonliklar nima deydi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonliklar mamlakatda atom elektr stansiyasi qurilishini mamlakat uchun foydali deb hisoblayapti. Bu “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston fuqarolari atom elektr stansiyasini qurish haqida” mavzusida o‘tkazilgan tadqiqotning natijasidir.

Turli soha va tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan turli ijtimoiy guruhlarning vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning yarmidan ko‘pi (69,5 foiz) atom energiyasi haqida yetarlicha ma’lumotga ega. Shu bilan birga, respondentlar energetikaga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish va gaz kabi tabiiy resurslarni tejashda tinch atomni qo‘llash muhimligini ta’kidlagan. 

Shuningdek, unda AES qurish g‘oyasiga ehtimoliy salbiy munosabatda bo‘lish sabablari ham tahlil qilingan. Odatda bu borada yadro energiyasining atrof-muhitga ko‘rsatadigan zararli ta’siri haqida fikr yuritiladi. Ushbu masalada respondentlarning qariyb 30 foizi bunday faktlar haqida yetarli ma’lumotga ega emasligini ta’kidlagan bo‘lsa, 20 foizga yaqini esa bu borada o‘z nuqtai nazariga ega ekanligini tasdiqlagan.

So‘rovda ularning aksariyati zamonaviy atom elektr stansiyalari elektr energiyasi bilan ishonchli tarzda ta’minlash barobarida tabiatga zarar yetkazmasligini bildirgan.

Yana bir muhim jihat, mamlakatimiz fuqarolari O‘zbekistonda uran qazib olinishidan xabardorligi, bu esa AESning barqaror ishlashi uchun muhim ekanligini ma’lum qilgan.

Shunday qilib, so‘rov natijasidan fuqarolar birinchi AESni qurish bo‘yicha qarorni qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. Ahamiyatlisi shundaki, respondentlarning 83 foizi “Men O‘zbekistonda quriladigan birinchi AES bilan faxrlanaman” va 85,6 foizi “Men AES faoliyatini qo‘llab-quvvatlayman” degan fikrga qo‘shilgan. Har ikkinchi respondent (55,7 foiz) inshoot qurilishida yoki AESning o‘zida ishlashga xohishi bor ekan. Bu istak, ayniqsa, yoshlar tomonidan ko‘proq (71,6 foiz) bildirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AES so'rov

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing