Aeroportga ishga kiritib qo‘yish uchun 2 ming dollar so‘ragan nazoratchi qo‘lga olindi
3-sahifa
−
14 mart
3247Toshkent xalqaro aeroportiga ishga kiritib qo‘yishi uchun 2 ming AQSH dollari talab qilgan Aviatsiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash nazoratchilar bo‘linmasi nazoratchisi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Aniqlanishicha, nazoratchi xizmat mavqeidan foydalangan holda boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, uning pul mablag‘ini noqonuniy tarzda o‘zlashtirishni reja qilgan. Dastlab u ijtimoiy tarmoq orqali jabrlanuvchi bilan tanishgan va uning qarindoshini Toshkent xalqaro aeroportining Aviatsiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash nazoratchilar bo‘linmasiga nazoratchi sifatida ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilgan. Lekin, jabrlanuvchi 1800 AQSH dollari berishini ma’lum qilgan.
2023 yilning 6 dekabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, nazoratchi 1800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan esa sudlanuvchiga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Angren shahrida yashovchi fuqaro huquq-tartibot idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali boshqa bir fuqaroni Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr