“Aeroflot” samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Jamiyat

image

Kecha, 29 dekabr kuni Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasining Farg‘onadan Moskvaga SU1971 reysini amalga oshirayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. Ekipaj muqobil aerodromga borishga qaror qilgan.

Boeing 737 samolyoti mahalliy vaqt bilan 22:11 da poytaxtga kelib qo‘ngan. Samolyotdan yo‘lovchi (1954 yilda tug‘ilgan ayol) va uning yuklari tushirilgach yo‘lovchi insult gumoni bilan Toshkentdagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan.

Samolyot esa Toshkent vaqti bilan soat 23:02 da Moskvaga parvozni amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lufthansa aviakompaniyasining Myunxendan Shanxayga uchayotgan LH-726 reysi Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Boeing 737 “Aeroflot” aviakompaniyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar