Advokatura sohasida muhim yangilik ro‘y beradi
Jamiyat
−
30 iyun 2020
8353O‘zbekistonda yosh advokat-mutaxassislardan faoliyatini boshlashda 2 yil yuridik staj talab etishni bekor qilish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, talabalikdan advokat yordamchisi sifatida amaliyot o‘tash tartibini joriy etiladi. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 iyun kuni o‘tgan odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilgan.
Mamlakatda bugungi kunda 4 ming atrofida advokat faoliyat ko‘rsatib, 8,5 ming aholiga o‘rtacha 1 ta advokat to‘g‘ri kelmoqda. Advokatlarning 43 foizi (1 ming 733 nafari) Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, Samarqand, Andijon, Termiz, Nukus, Mirishkor, Zafarobod, Uzun kabi 20 ta tumanda birorta ham advokatlik firmasi ro‘yxatdan o‘tmagan.
“Advokatlik faoliyatini boshlashi uchun yosh mutaxassislardan 2 yil yuridik staj talab etishni bekor qilish, talabalikdan advokat yordamchisi sifatida amaliyot o‘tash tartibini joriy etish kerak. Bundan tashqari, yuridik oliy o‘quv yurtlarida “advokatlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash zarur”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, integratsiya va investitsiya jarayonlari rivojlanayotgan sharoitda xalqaro huquqni chuqur egallagan advokatlarga ehtiyoj ko‘paymoqda.
Shu bois, bilimli yosh advokatlarni tanlov orqali yetakchi xorijiy yuridik kompaniyalarda stajirovka o‘tashini tashkil etish uchun davlat grantlarini kengaytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ikki hafta muddatda ushbu vazifalarning ijrosi bo‘yicha qaror qabul qilishi belgilandi.
LiveBarchasi