Advokatlik guvohnomasini olishga necha kun kerak?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, advokatlik guvohnomasi advokat maqomini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Guvohnomani berish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

•    advokatlik tuzilmasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki tegishli advokatlik tuzilmasiga kirgan kunning ertasidan kechiktirmay talabgor yoki advokat hududiy adliya organiga shaxsan murojaat qiladi;

•    guvohnomani rasmiylashtirish va berish hududiy adliya organi tomonidan 2 kunlik muddatda amalga oshiriladi, guvohnoma hududiy adliya organi rahbari tomonidan imzolanadi; 

•    guvohnomaning rekvizitlari ko‘rsatilgan holda 3 ish kunida Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi yozma ravishda xabardor qilinadi.

Advokat xabarnoma olingan paytdan e’tiboran Advokatlar palatasining a’zosi bo‘ladi. 

Advokat maqomi bilan bog‘liq ma’lumotlar advokatlarning davlat reyestrlariga kiritiladi.

Guvohnoma respublikaning butun hududida amal qiladi va amal qilish muddati cheklanmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

guvohnoma advokat

Baholaganlar

15

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing